Engage H2O: Advancing the «Green Agenda in Uzbekistan through Public-Private Dialogue» loyihasi doirasida PPD bo’yicha ma’lumotlar
PPD (Public-Private Dialogue) yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar
“Engage H₂O: Advancing the Green Agenda in Uzbekistan through Public-Private Dialogue” loyihasi doirasida “Suvchi” jamoat birlashmasi tomonidan suv resurslarini barqaror boshqarish va suv tanqisligining oldini olish masalalarida davlat organlari, xususiy sektor, fermerlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda mahalliy jamoalar o‘rtasida davlat-xususiy muloqotni rivojlantirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, hududiy PPD uchrashuvlari va davra suhbatlarini tashkil etish, manfaatdor tomonlarni muloqot jarayonlariga jalb qilish, suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha trening va seminarlar o‘tkazish, mahalliy jamoalarning muammolarini o‘rganish hamda suv tanqisligi bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat olib borildi.
Loyiha doirasida 15 ta hududiy davra suhbati o’tkazildi. Qishloq hududlarida bir nechta davlat-xususiy hamkorlik markazini tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, PPD mexanizmlari orqali suv resurslarini boshqarishda manfaatdor tomonlarning ishtirokini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.








